Institut O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 5 sentyabrdagi “Toshkentda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti faoliyatini tashkil etish to'g'risida” gi PQ-691-sonli Qarori asosida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan universitetdir.
Institut hududida yangi zamonaviy sport majmuasi qurilgan bo'lib, unda ochiq futbol maydoni, yugurish yo'laklari, yopiq suzish havzasi, sport zali va stendli yopiq universal sport zali mavjud. Shuningdek, O'zbekistonning turli mintaqalaridan kelgan talabalar uchun barcha qulayliklarga ega yotoqxona qurildi.