To'rt qavatli markaz binoning rekonstruktsiya ishlari kardiojarrohlik amaliyotida foydalaniladigan har qanday zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan. Operatsiyalar ochiq yurakda, sun'iy qon aylanmasi apparatiga ulanmagan holda, uning faoliyati davomida ham amalga oshiriladi.
Jarrohlik xonasining barcha devorlari, shiftlariga Italiyaning «Padana Cleanroom Srl.» kompaniyasida ishlab chiqarilgan antibakterial HPL panellari Evropa mutaxassislari tomonidan o’rnatilgan. Jarrohlik va jarrohlik old xonalarining eshiklari avtomatik tizimda, shifokorlarning tirsagi bilan ochish imkonini beradi. Undan tashqari majmuaning maxsus izolatsiyalashtirilgan xonasida tomografiya va rentgen uskunalarini o’rnatilgan.
Markaz jigar sirrozi va uning oqibatlarini jarrohlik yo'li bilan davolash bo’yicha Markaziy Osiyoda yagona klinikadir.