"Minor" masjidi

2014 Qurilish

Masjid binosi an'anaviy sharqona va o'zbekcha uslubda qurilgan bo’lib, balandligi 38 metr bo'lgan ikkita minora va samoviy rang gumbazdan iborat. Masjidning ichki qismi naqsh (ganch o'ymakorligi) uslubida va Ka'bani yo'nalishini ko'rsatuvchi mehrob esa nafaqat Qur'on oyatlari, balki hadislar bilan bezatilgan.

Masjid 2400 dan ortiq kishiga mo'ljallangan. Masjidda tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlar mavjud. Masjid ikki faslli sovutgich bilan jihozlangan, yozda sovuq va qishda iliq bo'ladi. Vitrayning tashqi ko’rinishi tizimlariga energiya tejaydigan oynalar o'rnatilgan. Masjidning tashqi ko’rinishi O'zbekiston ustalari tomonidan kulolchilik bilan uyg'unlikda ishlangan oq sun'iy marmardan,

Binoning poydevori tabiiy qizil granitdan qilingan. Fasad va minoraning barcha toshlari “quruq montaj” tizimida yig'ilib, jabhaning mustahkamligi va o'ziga xosligini ta'minlaydi. Hovlining ochiq ayvonida o'zbekistonlik hunarmandlar qo'llari bilan ishlangan yog'ochdan yasalgan o’yma ustunlar va shift o’rnatilgan.