O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2019 yil 23oktyabrdagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida” qaroriga muvofiq “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi konsepsiyasi ishlab chiqildi. 2020-yilda Toshkent shahrida COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq karantin choralariga qaramay, majmua qurilishi uch smenada olib borildi va bog‘ o‘z vaqtida – 9-may, G‘alabaning 75 yilligi nishonlanadigan kuni foydalanishga topshirildi.
Gʻalaba bogʻining umumiy maydoni 14,6 gektar. Majmua ramziy 12 ta hududga boʻlingan.