Maqsad va vazifalar

Maqsad va vazifalar

«Trest 12» АJ rivojlanishining asosiy maqsadi, bozor sharoitida ishlaydigan boshqa har qanday kompaniyalar singari, yuqori darajadagi va zamonaviy kompaniyaga aylanish bilan bir vaqtda barqaror oʼsishga erishishdir:

  • 1. Doimiy ravishda aksiyadorlar daromadlarining yuqori rentabelligini va oʼsishini taʼminlash.
  • 2. Doimiy ravishda mijozlar va isteʼmolchilarga yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlarni taklif etish.
  • 3. Ishlab chiqarishda, marketing, kadrlar, moliyani boshqarishda innovatsion yechimlarni doimiy ravishda joriy etish..
  • 4. Bozordagi hamkorlar, investorlar orasida va Jamiyatda ijobiy imij yaratish.
  • 5. Oʼzbekiston mahalliy bozorida mustahkam oʼrin egallash.
  • 6. “Trest 12” AJning aksiyadorlar, kreditorlar va jamiyat oldidagi ochiqliq konsepsiyasi asosida korporativ boshqaruv tamoyillarini amalga oshirish.

"Trest 12" AJning muvaffaqiyati uning korxona boshqaruvining samarali tizimini ishlab chiqish va joriy etish qobiliyatiga bog'liq. “Trest 12” AJning boshqaruvdagi asosiy dastagi kompaniya Kuzatuv kengashidagi faol faoliyatidir. Shunga ko‘ra, uning asosiy vazifasi korxonaning korporativ boshqaruv tizimini va bevosita Kuzatuv kengashidagi faoliyatini takomillashtirishdan iborat.

Hozirgi vaqtda "Trest 12" AJ oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo'yilgan:

  • 1. Biznes boshqaruvining zamonaviy tizimini, xususan, “Trest 12” AJ faoliyatini strategik rejalashtirish tizimini joriy etish.
  • 2. Ichki tadbirkorlik guruhlarini aniq taqsimlash asosida tashkiliy boshqaruv tuzilmasini amalga oshirish:
  • а) ishlab chiqarish
    б) ta'minlash
    в) moliya va buxgalteriya hisobi
    г) savdo
  • 3. Moliyaviy va operasion faoliyatni baholash va boshqarish samaradorligini maksimal darajada oshirish uchun ichki biznes guruhlarini tashkil qilish
  • 4. Yangi ish o'rinlarini yaratish
  • 5. “Trest 12” AJning ichki bozorda va qo‘shni davlatlar bozorida raqobatbardoshligini doimiy oshirishga ko‘maklashish .