"Trest 12" aksiyadorlik jamiyati 2025 yil 31 oktyabr kuni aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi quyidagi manzilda bo'lib o'tishini ma’lum qiladi: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shifonur ko’chasi, 1a-1b.
Aksiyadorlarni ro'yxatdan o'tkazish: soat 10:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarni ro'yxatdan o'tkazish yakunlanishi: soat 11-00 da.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi soat 11-00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi to'g'risida xabar berish uchun Aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi 2025 yil 7 oktyabr, Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida qatnashish huquqiga ega bo'lgan Aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi ish tugashi bilan 2025 yil 27 oktyabr kuni.
AKSIYADORLARNING UMUMIY YIG'ILISHI KUN TARTIBI
1. Sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Umumiy yig‘ilish reglamentini tasdiqlash.
3. 2025-yil 30 iyundagi yillik umumiy aksiyadorlar yig‘ilishining kun tartibidagi 8-band bo‘yicha qabul qilingan qarorni bekor qilish.
4. 2024-yil moliyaviy natijalariga ko‘ra taqsimlanmagan foydani taqsimlash va dividend to‘lash.
5. 2024-yil yakunlariga ko‘ra sof foydani taqsimlash va dividend to‘lash tartibini tasdiqlash.
6. «Trest 12» AJning tashkiliy tuzilmasini yangi tahrirda tasdiqlash.
7. «Trest 12» AJ Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.
Navbatdan tashqari umumiy yig'ilishda qatnashish uchun Aksiyadorlar vakillari qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ishonchnomaga ega bo'lishlari shart.
Aksiyadorlarga qonun hujjatlariga muvofiq, aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig'ilishida ko'rib chiqiladigan materiallar bilan tanishish imkoniyati Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifonur ko'chasi 1a-1b-uy manzilida amalga oshiriladi.
Elektron pochta manzili: info@trest12.uz